Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:42 / 05.10.2015
4385
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina qurol-yarog‘larni o‘t ochish chizig‘idan 18 oktabrda olib keta boshlaydi
Donetsk viloyatida o‘rnatilgan 100 mm dan kichik kalibrdagi qurollarni to‘qnashuv chizig‘idan olib ketish ishlari 18 oktabrdan boshlanadi.
Bu haqda Ukraina bosh shtabi spikeri Vladislav Seleznyov bayonot berdi.
“Ukraina 112” kanaliga bergan intervyusida u qurollarni olib chiqish operatsiyasi 26 kun davom etishini aytib o‘tdi. Umumiy hisobda bu ishni amalga oshirishga har ikki tomonga 41 kun muxlat berilgan.