12:44 / 05.10.2015
3607

Xitoy sharqidagi kimyoviy zavodda ro‘y bergan portlash natijasida yetti kishi jarohatlandi

Xitoy sharqidagi Chjetszyan provinsiyasida joylashgan kimyoviy zavodda ro‘y bergan portlash natijasida yetti kishi jarohatlandi, 70 nafarga yaqin o‘t o‘chirish xodimlari yong‘inga qarshi kurash olib bormoqda, deya xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV).

Telakanal ma'lumotlariga ko‘ra, portlash mahalliy vaqt bilan 9:52 (Toshkent vaqti bilan 6:00)da Shaosin shahar okrugidagi kimyoviy zavodda sodir bo‘ldi. Hodisaga nitroxlorbenzol bilan bog‘liq kimyoviy reaksiya sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Xabar qilinishicha, portlash sodir bo‘lgan zavod yaqinida harorat ta'sirida yengil alanga oladigan 50 tonnaga yaqin natriy xlorat va boshqa kimyoviy moddalar saqlanayotgan omborxona joylashgan.
Jarohatlangan yetti zavod ishchisi shifoxonaga joylashtirildi. Hodisani bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Top