Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada "Fukusima-1" AES ustidagi himoya gumbazi to‘liq olib tashlandi
"Fukusima-1" AESni nazorat qiluvchi TeRSO kompaniyasi 5 oktabr kuni 2011 yilning mart oyida Yaponiya shimoli-sharqida kuzatilgan kuchli zilzila va sunami vaqtida shikastlangan stansiyaning birinchi energiya bloki ustidagi himoya gumbazini qismlarga ajratish ishlari nihoyasiga yetganini ma'lum qildi.
Kiodo agentligining ma'lum qilishicha, radiatsion zararlanishni to‘xtatish maqsadida energoblok ustiga o‘rnatilgan olti beton panelning eng oxirgisi ham olib tashlandi.
Gumbazning qismlarga ajratish energiya blokining ichki qismida vayronagarchiliklar tufayli paydo bo‘lgan chiqindilarni olib tashlash imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, "Fukusima-1" atom elektr stansiyasi 2011 yilning 11 mart kuni 9 ballik zilzila va balandligi 14 metr bo‘lgan sunami to‘lqinlari qurshovida qolgan edi. Tabiiy ofat natijasida "Fukusima-1"ning olti energiya blokining to‘rttasi suv ostida qolib, reaktorlarni sovutish tizimiga shikast yetgan edi.
Birinchi avariya vaqtida uchinchi va to‘rtinchi reaktorlarda vodorod portlab, oqibatda birinchi energiya blokining tomi shikastlangan. Atmosferaning radiatsiya bilan ifloslanishining oldini olish maqsadida 2011 yilning kuzida energiya bloki ustiga himoya gumbazi qurilgan edi.