08:13 / 05.10.2015
3173

Zlatan Ibrohimovich «PSJ»da 110-golini urib, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi

«PSJ» hujumchisi Zlatan Ibrohimovich "Marsel"ga qarshi kechgan uchrashuvda ikki marta penaltidan unumli foydalanishga muvaffaq bo‘ldi va jamoasiga g‘alaba keltirdi (2:1).

Shu tariqa shvetsiyalik 34 yoshli hujumchi parijliklar safida o‘tkazgan 137 uchrashuvida urgan gollari sonini 110taga yetkazib oldi va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar Pedro Pauletadan o‘zib ketdi (109ta gol).

Shuningdek, Ibrohimovich "PSJ" va "Marsel" o‘rtasida kechgan uchrashuvlar tarixida ham eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi (8ta gol).

Ma'lumot uchun, Pauleta parijliklar safida 2003 yildan 2008 yilga qadar faoliyat ko‘rsatgan edi. Ibrohimovich esa 2012 yilda «Milan»dan «PSJ»ga o‘tgan.

Top