16:05 / 06.10.2015
6743

AQSh elchixonasidagi ko‘ngilsizlikka dipmissiya ichidagi ziddiyatlar sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda

28 sentabr kuni AQShning O‘zbekistondagi elchixonasiga ikkita qo‘lbola yonuvchi uskuna tashlangan edi. Bugun onlayn nashrlarda paydo bo‘lgan axborotga ko‘ra, elchixona xavfsizlik xizmati rahbari konsullik bo‘limi boshlig‘i bilan kelishmay qolgani haqida yozildi.

Ta'kidlanishicha, “Molotov kokteyli”ning otilishi bilan bog‘liq ko‘ngilsizlik yuzasidan AQSh Davlat Departamenti taftish o‘tkazmoqda. Ushbu tekshiruvlar jarayonida, jumladan, kollektiv ichidagi mana shunday ziddiyatlar haqida ham ma'lumotlar to‘planmoqda.

Top