Jahon | 19:02 / 06.10.2015
7436
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda harbiy lazerlar ishlab chiqarila boshlandi

AQShning Lockheed Martin kompaniyasi armiyaga mo‘ljallangan harbiy lazerlar ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda kompaniyaning sayti orqali xabar qilindi.

2014 yil aprelida kompaniya AQSh armiyasidan ishlanmalar uchun shartnoma olgan edi. Loyiha doirasida 60 kVt quvvatga ega lazer sinovdan o‘tkazilgan edi. Endilikda uskunaning quvvati 120 kVt ga ko‘paytirildi.

Ishlanma boshqarilmaydigan raketalarni to‘xtatishda qo‘llanishi mumkinligi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish