06:47 / 06.10.2015
3929

Asqar Tolibjonov: Terma jamoa murabbiylari talabiga ko‘ra 13 oktabrdagi o‘rtoqlik o‘yini bekor qilindi

Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov "Futbol sharhi" ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi va nima sababdan O‘zbekiston milliy terma jamoasining 13 oktabrda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘rtoqlik o‘yini bekor qilinganiga izoh berdi.

"13 oktabrdagi FIFA kunida O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Ammo terma jamoa murabbiylar shtabi talabiga ko‘ra ushbu o‘rtoqlik o‘yini bekor qilindi.

Bunga bir qator sabablar bor. Birinchidan, 12 oktabrda qoldirilgan o‘yinlar o‘tkaziladi. Shuningdek 17 oktabrda "Bunyodkor" va "Nasaf" o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi finali o‘tkaziladi. Futbolchilar 8 oktabrda rasmiy o‘yin o‘tkazgach, noyabrdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘z klublari mashg‘ulotiga qo‘shilgan ma'qul.

- Nahotki qoldirilgan o‘yinlar O‘zbekiston milliy terma jamoasidan muhimroq bo‘lsa?
- Bu yerda gap muhimlik haqida ketmayapti. O‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmaslikka murabbiylar shtabi qaror qilgan. Ularning talabiga ko‘ra terma jamoaning o‘rtoqlik o‘yini qoldirildi", - deydi Asqar Tolibjonov.

Top