06:45 / 06.10.2015
3257

"Chegarasiz shifokorlar": Vashington shifoxonaga berilgan zarba uchun javobgarlikni Kobul zimmasiga yuklamoqchi

AQSh Afg‘onistonning Qunduz shahridagi shifoxonaga bergan zarbasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasidan soqit qilib, Afg‘oniston hukumati iltimosi bilan hududni bombardimon qilganini ta'kidlab, afg‘on hukumati zimmasiga yuklamoqchi. Bu haqda 5 oktabrda chop etilgan "Chegarasiz shifokorlar" gumanitar tashkiloti bayonotida aytilmoqda.  

"Ular hujum tafsilotlarini o‘zgartirishni davom ettirishmoqda, endi bo‘lsa javobgarlikni afg‘on hukumatiga yuklashmoqchi. Haqiqat shundan iboratki, AQSh bu bombalarni tashlagan. AQSh bemorlar va "Chegarasiz shifokorlar"ning xodimlari bilan to‘la bo‘lgan katta shifoxonaga zarba bergan", deb aytmoqda tashkilotning bosh direktori Kristofer Stouks.

Stouksning aytishicha, "AQSh koalitsiyaning bir qismi bo‘lsada, zarbalar berishda nishonni tanlash uchun ular javobgardirlar". "Bu vahshiy hujumni hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydi. AQSh va Afg‘oniston tomonidan hujumni ta'riflashdagi ancha farqlarni hisobga olib, ushbu holatni to‘liq, mustaqil tergov qilishga ehtiyoj yanada oshmoqda", deb ta'kidlab o‘tdi Stouks.

Top