18:23 / 06.10.2015
21808

Dunyoning eng nufuzli 50 nafar kishisi reytingi e'lon qilindi

Bloomberg nashriyoti har yili chop etadigan ishbilarmon dunyo vakillari orasida nufuzga ega insonlar Most Influential reytingini e'lon qildi. Shuni qayd etish joizki, bu yilgi ro‘yxatdan rossiyalik familiyalar o‘rin egallamadi. Bundan tashqari, jadvalni Alibaba asoschisi Jyek Ma va ukrainalik milliarder Rinat Axmetovlar ham tark etdi.

“Nufuzli kishilar kompaniyalar barpo etib, ulkan muvaffaqiyatga erishadilar. Ular banklarni boshqarishadi yoki banklar faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga qodirlar. Mazkur shaxslar iqtisodiyotlarni o‘zgartirib yuboradilar. Pul oqimini boshqarib, sarmoya uchun kiritgan mablag‘lari milliard dollar hajmida ortadi. Mazkur ro‘yxatdan o‘rin olgan 50 kishining ta'sir ko‘rsatish darajasi turlicha, biroq barchasiga xos bo‘lgan xususiyat ular tomonidan tanlangan sohada kutilmagan muvafaqqiyatga erisha olganliklaridir”, - deya alohida qayd etiladi Bloomberg’da.

50 nafar nufuzli kishilar kishilar oltita turli xil kategoriyalar orasidan joy olgan:
• Jamoa qudrati asoschilari;
• Siyosatni o‘zgartirganlar;
• Pul boshqaruvchilari;
• Bankirlar;
• Texnika yaratuvchilari;
• Donishmandlar.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, 2015 yilda qayd etilgan familiyalarning yarmi ilk marotaba paydo bo‘ldi. Qolgan qismi esa bir yoki bir necha yildan so‘ng ro‘yxatga takror ravishda qaytganlardir. Ularning barchasini birlashtirib turgan xususiyat, takror aytamiz, favqulodda ravishda muvafaqqiyatga erishganliklaridir.

Biroq nufuzli odamga aylanish – bu hali hammasi emas. Bu mavqeni saqlab qola olish lozim. Bloomberg ekspertlarining fikriga ko‘ra, o‘tgan yil mobaynida bor-yo‘g‘i 14 ta odam 50 kishilik ro‘yxatda o‘z o‘rinlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi. Misol tariqasida ular orasida Tesla rahbari Ilon Mask, Applening bosh direktori Tim Kuk, moliyashunoslar Uorren Baffet va Karl Aykan, bankir Mario Dragi va AQSh zahira tizimi rahbari Janet Yyellen va “XXI asrdagi kapital” bestselleri muallifi Toma Piketti ham bor.

Most Influential ro‘yxatiga bu yil ilk marotaba kirganlarni bir necha guruhlarga ajratishimiz mumkin. Eng avvalo bular davlat arboblari – AQSh prezidenti Barak Obama va nufuzga ega bo‘lgan senator Elizabet Uorren, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, GFR kansleri Angela Merkel va XXR raisi Si Tszinpinlardir.

“Yaxshimi yoki yomonmi, Xitoy jahon bozori uchun suv va havodek zarur, endilikda Osiyo vakillari har doimgidan ko‘ra ko‘pchilikni tashkil etmoqda”, - deydi Bloomberg.
Xitoy yetakchisi bilan bir qatorda top 50 ro‘yxatiga China Renaissance investbanki asoschisi Van Tsishan, milliarder Van Tszyanlin (2015 yilda Forbes uni Xitoyning eng boy odami deya tan oldi), shuningdek Gonkongda tashkil etilgan Next Media korporatsiyasi asoschisi Jimmi Laylar ham kiritilgan.

Rim papasi Frantsisk ham ro‘yxatdan o‘rin egalladi, Bloomberg uning nufuzga egaligi to‘g‘risida gap ketganida 1,2 mlrd kishi yoki Yer aholisining 17 foizi o‘zini katolik deb hisoblashini alohida ta'kidlagan. Bunday qo‘llab-quvvatlashga ega pontifik qashshoqlik va immigratsiyadan tortib iqlimning global o‘zgarishigacha bo‘lgan zamonaviy jamiyatning eng og‘riqli masalalarini hal etishni ilgari suradi.

Most Influentialning yangilangan ro‘yxatida Xalqaro valyuta fondi rahbari Kristin Lagard, shuningdek dunyoning yirik banklari va sarmoya kompaniyalari rahbarlari va katta menejyerlari Jyeyms Daymon (JP Morgan Chase), Abigeyl Jonson (Fidelity Investments), Tidiane Tiam (Credit Suisse), Ruchir Sharma (Morgan Stanley), Jyeyn Gladson (Evercore Partners) lar ham bor.

Bloomberg ekspertlari o‘z ro‘yxatlariga internet orqali biznes yurituvchi yirik kompaniya vakillarini ham kiritishdi. Unda LinkedIn asoschisi Rid Xoffman va Amazon.com asoschisi Jyef Bezos va Alphabetning tijorat direktori Pyt Poratlar ham mavjud.

Ro‘yxatda hurmatga sazovor bo‘lgan bo‘lgan iqtisodchilar (Pol Krugman, Richard Taler) va Toyota Motor rahbari Akio Toyoda shuningdek shveysariya-braziliyalik milliarder (24,1 mlrd AQSh dollari) Xorxe Paulo Lemann, nigeriyalik Aliko Dangota (18,3 mlrd AQSh dollari) va britaniya-sudanlik Mo Ibragim (1,07 mlrd AQSh dollari)kabi ekzotik shaxslarga ham joy topildi.

Eslatib o‘tamiz, “Nufuzga ega bo‘lgan kishilar” reytingi Bloomberg nashriyoti tomonidan 2011 yildan beri chop etib kelinmoqda. Ro‘yxatga kiritish uchun mablag‘ bozoriga ta'sir ko‘rsatuvchi 50 ta odam tanlab olinadi. Reyting dunyoning 150 ta mamlakatida faoliyat yurituvchi agentlik jurnalistlarining konsensus-bahosi asosida tuziladi. 2015 yilda ro‘yxatni yaratishga turli kompaniya vakillari bo‘lgan to‘qqizta soha ekspertlaridan tashkil topgan maxsus jyuri jalb etildi.

Top