Texnologiya | 09:55 / 06.10.2015
3904
1 daqiqa o‘qiladi

YeI va Xitoy 5G aloqa tizimini yaratishadi

Yevropa Ittifoqi va XXR hamkorlikda beshinchi avlod mobil aloqasi tizimini yaratish haqidagi shartnomani imzolashdi. Xitoy bu loyihaga 315 mlrd yevro ajratadi.

Kelishuv 28 sentabr kuni iqtisodiyot va savdo dialogi bo‘yicha yig‘ilish yakunlariga ko‘ra imzolandi. Uni Xitoy sanoat va axborot texnologiyalari vaziri Mao Vey hamda YeI raqamli iqtisodiyot va jamiyat komissari Gyunter Ottinger imzolashdi.

Yangi tarmoqni yaratish bo‘yicha harakatlar rejasi shu yil oxiriga qadar tuzilishi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish