17:31 / 06.10.2015
6906

Erdo‘g‘an: Rossiya Turkiya qiyofasida do‘stini yo‘qotishi mumkin

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriyadagi vaziyat tufayli Rossiya bilan munosabatlar do‘stlik doirasidan chiqib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

“Bizning Rossiya bilan munosabatlarimiz yaxshiligini barcha biladi. Agar Rossiya Turkiyadan do‘stini yo‘qotsa, ko‘p narsa yo‘qotgan bo‘ladi, va Moskva buni yodda tutishi lozim”, - dedi Erdo‘g‘an.

Shuningdek, u Rossiya tomonidan Turkiya havo chegaralarining buzilishi NATO mantfaatlariga zid kelayotganini ta'kidladi.

Top