Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floridadagi YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, shundan 4 nafari bolalar
AQShning janubi-sharqiy shtati bo‘lmish Floridada 6 oktabr kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Startribune nashrida aytilishicha, ularning 4 nafari bolalardir.
Ushbu hodisa shtatning Grand-Rij shaharchasidagi avtotrassada yuz bergan.
Ma'lum qilinishicha, 6 kishidan iborat oila ketayotgan yengil mashina yo‘lda muvozanatni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishdagi pikap bilan to‘qnashgan.
Natijada, yengil mashinadagi ota va uning 4 nafar farzandi voqea joyida halok bo‘lgan. Mashina rulida bo‘lgan ona esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Yo‘l politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, mashinalardagilardan hech biri xavfsizlik belbog‘larini taqmagandi.
Bu mashina borib to‘qnashgan pikapdagi 4 kishidan faqat biri jiddiy jarohat olgan.
Politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.