Jahon | 09:31 / 06.10.2015
2649
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadagi muhojirlar boshpanasida yuzaga kelgan yong‘indan bir kishi halok bo‘ldi

Germaniyaning Zalfeld shahridagi muhojirlar uchun boshpanada kelib chiqqan yong‘in tufayli bir kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda MDR portali mahalliy politsiya ma'lumotlariga asoslangan holda.

Qayd etilishicha, o‘t o‘chirish xizmati xodimlari yong‘in o‘chirilganidan so‘ng 29 yoshli erkak jasadini topishgan. Halok bo‘lgan kishining shaxsi aniqlashtirilmoqda.

O‘t o‘chiruvchilar hodisa joyidagi yong‘in xavsizligi tizimi ishga tushib, bu yerda yashovchilar evakuatsiya qilinayotganda yetib kelishdi. Ayni paytda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Bundan avvalroq esa Germaniyaning Friman shahridagi qochqinlar boshpanasida ham yong‘in kelib chiqqan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish