Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvatemalada ko‘chki qurbonlari soni 149 nafarga yetdi
Mamlakat hukumati Gvatemaladagi ko‘chki qurbonlari soni 149 nafarga yetgani haqida ma'lum qildi. Ammo haligacha minglab tonnali qum va tuproq aralashmali qo‘chki ostida qolgan munitsipalitete Santa-Katarina-Pinula munitsipalitetining 300 nafar aholisi taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.
Tabiy halokat sabab Markaziy Amerika parlamenti dushanba kuni uch kunlik motam e'lon qildi.
Falokat joyida 250 professional qutqaruvchi ish olib borayotgan bo‘lib, ular 125 kishilik ikkita guruhga bo‘linib ishlashmoqda. O‘nalb texnika vositalari ham ularga yordam uchun jo‘natilgan. Aloqa vaziri Viktor Korado tirik qolganlardan umid uzilmaganligini bildirmoqda.
Qutqaruvchilar 3,2 ming kub metr yerni tozalashga muvaffaq bo‘lishdi. Ular yana yerni yana 40 baravar ko‘p tozalashlariga to‘g‘ri keladi. Olib borilgan ishlar natijasida cherkov joylashgan joy topilgan. Ma'lum bo‘lishicha, falokat vaqtida uning ichida 40 nafarga yaqin odam bo‘lgan.