Jahon | 07:46 / 06.10.2015
2715
1 daqiqa o‘qiladi

Gvatemaladagi yer o‘pirilishi hodisasi qurbonlari soni 152 nafarga yetdi

6 oktabr kuni holatiga ko‘ra, 4 sentabr kuniga o‘tar kechasi Gvatemalada yuz bergan yer ko‘chkisi oqibatida halok bo‘lganlar soni 152 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda rasmiy manbalarga asosan Reyter nashri xabar bergan.

Shuningdek, Santa-Katarina-Pinula munitsipalitetida yuz bergan ushbu fojia tufayli 300 nafarga yaqin kishi bedarak ketgan, deb hisoblanmoqda.

Voqea joyida ish olib borayotgan qutqaruvchilar tuproq ostida qolgan uylarga yetib borishga harakat qilishmoqda. Ushbu jarayonda 250 nafardan ortiq qutqaruvchilar ishlamoqda. Bu jarayonga o‘nlab iskovuch itlar hamda o‘nlab texnik vositalar jalb qilingan.

Ushbu yer ko‘chkisi tufayli 125ta uy tuproq ostida qolgan.

Yer ko‘chkisi keltirgan moddiy zarar to‘liq hisoblab bo‘linmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish