09:18 / 06.10.2015
2410

Iroqda uyushtirilgan bir qator portlatishlar oqibatida jami 56 kishi halok bo‘ldi

Iroqning turli tumanlarida bir qator avtomobillar portlatilishi oqibatida jami 56 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Eng jiddiy portlatish mamlakat sharqidagi Diyola viloyatida sodir etilgan. Terakt oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘lgan, yana 58 kishi yaralangan. Terakt gavjum ko‘chalardan birida sodir etilgan.

Iroqning janubidagi Basra viloyatida ham shunga o‘xshash terakt oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, 25 kishi yaralangan.

Bog‘dodning chekkasidagi teraktda 14 kishi halok bo‘lgan, 25 kishi yaralangan.

Top