07:08 / 06.10.2015
3350

Iroqdagi davomli portlashlar qurbonlari 60 nafardan oshdi

5 oktabr kuni Iroq sharqida joylashgan Diyala viloyatidagi Xalis shahrida sodir etilgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 nafardan ortiqni tashkil etdi. Bu portlash tufayli kamida 50 kishi og‘ir jarohatlar olgan.

Yana bir portlash mamlakat janubi-sharqidagi Basra viloyatining Ez-Zubayr shahrida yuz berib, asosan shialar yashaydigan bu hududda portlash tufayli kamida 10 kishi halok bo‘ldi.

Dushanba kuni kechasi Bag‘dodda ham terakt sodir etildi va avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilmalarning harakatga keltirilishi oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan.

Bu teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

BMTning Iroqdagi missiyasi vakilining ma'lumotlariga ko‘ra, sentabr oyining o‘zidayoq Iroqda 700 nafardan ortiq tinch aholi vakili teraktlar qurboniga aylangan. Yana 1200 nafardan ortiqroq kishi teraktlar tufayli jarohat olib, nogiron bo‘lgan.

Top