17:34 / 06.10.2015
3799

Mourino 2013 yilda "MYu" bosh murabbiyligini emas, "Chelsi"ga qaytishni tanlaganini eslatdi

Angliyaning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino 2013 yilda mamlakatning boshqa bir jamoasi «Manchester Yunayted»ni boshqarishga rozi bo‘lmagani borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Har qanday murabbiy «Manchester Yunayted» katta klub sifatida e'tirof etadi. Ammo men «Chelsi»ga qaytishni istagandim».

«Biz ser bilan «Manchester Yunayted»ga o‘tishimizni muhokama qilmaganmiz. Biz Fergyuson bilan o‘zaro ochiq gaplashardik. U men haqimda juda ko‘p narsalarni bilardi. U deyarli butun mavsum meni «Real»dan ketib, «Chelsi»ga qaytishni xohlayotganimni bilardi».

«Fergyuson menga ketishidan bir yoki ikki oy avval bu qarorini gapirib bergandi. O‘shanda bu hali juda katta sir edi. Shunda tushungandimki, u menga ishonardi», – deya Mourinoning BBCga bergan intervyusidan parcha keltiradi Goal.com internet nashri.

Top