Jahon | 00:09 / 06.10.2015
5412
1 daqiqa o‘qiladi

NATO Rossiyaning Suriyadagi harakatlarini qoraladi

NATO rahbarligi ostida o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda Rossiyaning Suriyadagi harakatlarini muhokama etuvchi bayonnoma tuzdi, deb ma'lum qiladi Reuters.

Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg shu mavzuda navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazib, Rossiyaning harakatlarini qattiq qoralagan edi.
Bayonnomada alyansning Rossiyaning Suriyadagi Xame, Xoms va Idlib shaharlariga aviazarbalar berishidan tashvishda ekanligi yozib o‘tilgan.
Bundan tashqari, alyans Rossiyadan Turkiya havo hududi qoidalarini buzganligi sababi haqida izoh talab qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish