Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Turkiyada raketaga qarshi mudofaa tizimini 2016 yilda ham qoldirish masalasini muhokama qiladi
NATO Patriot zenit-raketa kompleksini 2016 yilda Turkiyada qoldirish imkoniyatlarini muhokama qiladi, biroq qaror hozircha aniq emas, deya ma'lum qildi alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg.
“Patriot shartnomasi muddati har yili uzaytiriladi. Amaldagi muddat joriy yil so‘ngiga qadar davom etadi. Biz Turkiya va boshqa ittifoqchilarimiz bilan kelgusi yil uchun muzokaralar olib borayapmiz, biroq hozirda hech qanday qaror qabul qilingani yo‘q”, - dedi Stoltenberg jurnalistlarga.
Uning ta'kidlashicha, Patriot tizimi Turkiyaga Suriyadan ehtimoliy raketa zarbalari berilganida, mudofaani kuchaytirish maqsadida joylashtirilgan.
NATOga a'zo davlatlarning oltita Patriot batareyasi 2013 yilning fevral oyida Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh hududiga joylashtirilgan edi. Ularning vazifasi Suriya tomonidan uyushtiriluvchi havo hujumlarini bartaraf etishdan iborat.