Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Bangladeshni mag‘lub etdi va Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati uchun saralash bahslari davom etmoqda. Jasur Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi saralashdagi uchinchi uchrashuvda Bangladeshga qarshi maydonga tushdilar va 4:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdilar.
Aytish joizki, dastlabki bo‘limda muxlislar faqat bitta gol ko‘rishgan bo‘lishsa, ikkinchi taymda, o‘zbekistonlik yoshlar uchta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston uchta o‘yinda 100 foizlik natija qayd etib, qiyinchiliksiz Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
OCh saralashi.
O‘zbekiston U-19 – Bangladesh U-19 4:0 (1:0, 3:0)
Manba: www.uff.uz