10:34 / 06.10.2015
3924

O‘zbekistonda meliorativ obektlarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlar 149 loyiha bo‘yicha amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston moliya vazirligi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi ijrosining 2015 yil 1 sentabrga ko‘ra holati haqida hisobot e'lon qildi.

Unda ko‘rsatilishicha, qurilish va rekonstruksiya ishlari 149 loyiha bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Shulardan 106tasi boshlang‘ich va 43tasi o‘tuvchi obektlarda o‘tkazilmoqda.
2015 yil oxiriga qadar meliorativ obektlarni qurish va tiklash borasida 146.4 mlrd so‘mlik pudrat ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Meliorativ obektlarni qurish va tiklash ishlarining 89.7 mlrd so‘mlik qismi moliyalashtirilgan. Bu ishlarga 475 mexanizm va 1 180 ishchi jalb qilingan.

Top