11:55 / 06.10.2015
3921

O‘zbekistonlik bokschilar JChdagi raqiblari nomini bilib olishdi

5 oktabr kuni Qatar poytaxti Doha shahridagi "Ali Bin Hamad Al Attiya Arena" sport majmuasida boks bo‘yicha XVIII jahon chempionati start olgan edi.

Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini to‘qqiz nafar bokschi himoya qilmoqda. Umuman turnirda dunyoning 74 davlatidan 260 nafar charm qo‘lqop ustalari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston vakillari turnirdagi ilk bahslarni bugun boshlashadi. Unda o‘zbekistonlik 2 nafar bokschi ringga ko‘tariladi.

6 oktabr
-56 kg.: Yaqinda Tailandda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatining kumush medali sohibi Murodjon Ahmadaliyev ilk ishtirokini Francheska Mayettaga (Italiya) qarshi o‘tkazadi. Bu juftlik g‘olibi esa qozog‘istonlik Qayrat Yeralivga qarshi ringga ko‘tariladi.
-75 kg.: Tailanddagi Osiyo chempionati g‘olibi o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev Kvachatadze Zaalga (Gruziya) qarshi bellashuv orqali musobaqalarga kirishadi. Mazkur juftlik g‘olibi navbatdagi bosqichda fransiyalik Kristian Mbilliassomo bilan uchrashadi.

7 oktabr
-60 kg.: Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) - Redd Benbaziz (Jazoir). Juftlik g‘olibi yangi zelandiyalik Chad Milnes bilan uchrashadi.
-81 kg.: Elshod Rasulov (O‘zbekiston) - Alberto Ramres Durano (Venesuela).
+91 kg.: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) - Moxamed Grimes (Jazoir). Ushbu juftlik g‘olibining keyingi raqibi kubalik Liyenero Pero Justiz bo‘ladi.

8 oktabr
-49 kg.: 19 sentabr kuni AIBA versiyasi bo‘yicha jahon chempionligi nomini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov marokashlik Imad Axuon hamda ozarbayjonlik Rufat Huseynov juftligi g‘olibi bilan musobaqadagi ishtirokini boshlaydi..
-64 kg.: Yana bir yosh bokschi Fazliddin G‘oibnazarov esa qatarlik Txulasi Txarumalingam va Botsvana vakili Kagisu Baxvasi juftligida zafar quchgan bokschini sinovdan o‘tkazadi.
-91 kg.: Og‘ir vaznli bokschilarimizdan biri Rustam To‘laganov musobaqani yangi zelandiyalik David Nukaga qarshi jang bilan boshlaydi va ushbu juftlik g‘olibi keyingi bosqichda kubalik Erisland Savonovga qarshi jang o‘tkazadi.

9 oktabr
-52 kg.: Shahobiddin Zoirovga saralash bahslarida muvafaqqiyatli o‘tgan argentinalik Fernando Martines hamda xitoylik Janguan Xu juftli g‘olibi raqiblik qiladi.

Top