Jahon | 09:33 / 06.10.2015
3167
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko: jangarilar saylovlarni bekor qiladilar

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat sharqidagi ayirmachilar rahbariyati saylovlarni bekor qilishga hozirlik ko‘rayotganini aytdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Ma'lumotlarga qaraganda, ertaga jangarilar 18 oktabr va 1 noyabrdagi soxta saylovlarni bekor qilmoqchi”, - dedi u parlament fraksiyalari yetakchilari bilan uchrashuv chog‘ida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish