09:10 / 06.10.2015
3989

Qoraqalpog‘istonda o‘tovli turizm rivojlanmoqda

Butun dunyo miqyosida bo‘lganidek, bugun O‘zbekistonda ham o‘tovli turizm tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda.
“Ayoz Yurt” korxonasi rahbari Dilbar Karimberdiyevaning so‘zlariga qaraganda, bu soha ulkan salohiyatga ega.

Xususan, Ipak yo‘lini qayta tiklash dasturi doirasidagi ko‘plab loyihalar aynan o‘tovli turizmni rivojlantirishga qaratilmoqda.
“Qoraqalpog‘istonda turistlar oqimi yildan yilga ko‘paymoqda. Ellikqal'a tumanining Bo‘ston shahrida joylashgan o‘tovli qarorgohimiz ko‘plarning diqqatini tortmoqda, - uning so‘zlarini keltiradi Sputnik agentligi.

– Ishimizni 1998 yildan boshlaganmiz, o‘shanda faqat ikkita o‘tovimiz bor edi. Bugun ularning soni 10 barobar ko‘p. Bunga qo‘shimcha ravishda tuyalarimiz bor, ularga minib olgan mehmonlarimiz mahalliy diqqatga sazovor joylar bo‘ylab aylanishi”.

Mahalliy turistik korxonalarning sayohat dasturlariga Xiva, Baday-To‘rg‘ay qo‘riqxonasi, Orol dengizi, Savitskiy muzeyi va boshqa obektlar kiritilgan.

Top