11:15 / 06.10.2015
3636

Qozog‘iston ekstremistik vebsaytlarga to‘siq qo‘ymoqda

Qozog‘istonda adovatni targ‘ib qiluvchi vebsaytlarga qarshi kurash davom ettirilmoqda; yaqindagina Ostona sudi tomonidan 25ta vebsaytga to‘siq qo‘yildi.

7 sentabr kuni Yesil tuman sudi federal hukumatning ekstremistik videoroliklar joylashtirilgan 25 vebsaytga to‘siq qo‘yish haqidagi so‘rovini tasdiqlagan edi.

Yuzlab fuqarolari terrorchilar tashviqoti ta'sirida IShID tarkibida kurash olib borish uchun Suriyaga yo‘l olgani sababli Qozog‘iston ig‘vogarlik mavjud bo‘lgan materiallarni sinchkovlik bilan kuzatmoqda va sudlardan foydalangan holda mamlakat kiber-kengliklarida ularning bloklanishi bo‘yicha qat'iy choralar ko‘rmoqda.

“Doimiy ravishda terrorizm va esktremizm xavfi bilan to‘qnash kelayotgan Qozog‘istonda bugungi kunda 700 vebsaytga to‘siq o‘rnatgan”, - deya ma'lumot bergan edi mamlakat bosh prokurori Asxat Daulbayev 27 avgust kuni turli mamlakatlar bosh prokurorlari yig‘ilishida.

Top