Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzan Qodirov Moskvadagi jome' masjidiga Muhammad (s.a.v)ning soch tolasini keltirdi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Moskva jome' masjidiga Muhammad (s.a.v)ning shisha kapsulaga solingan soch tolasini sovg‘a tariqasida taqdim etdi. Rossiya bosh muftiysiga ushub sovg‘ani topshirish marosimi Checheniston Respublikasi poytaxti Grozniyda joylashgan “Checheniston qalbi” masjidida bo‘lib o‘tdi.
"Men Moskva jome' masjidi ochilishi marosimida payg‘ambarimizning soch tolasini sovg‘a qilaman, deb va'da bergandim. Moskva – bu Rossiyaning poytaxti. Unda ikki milliondan ortiq musulmon yashaydi. 40 dan ortiq musulmon mamlakatlari elchixonalari joylashgan. Bu joyga jahonning ko‘plab yerlaridan mehmonlar tashrif buyurishadi. Shu bois bu masjidda poytaxtda Buyuk esdalik bo‘lishi kerak”, - deb yozadi Qodirov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.