Jamiyat | 09:44 / 06.10.2015
3631
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada amaldorlar Google, Yahoo va WhatsApp’dan ayrilishi mumkin

Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari Nikolay Patrushevning chet el dasturlarining davlat xizmatchilariga keltirayotgan zarari haqidagi so‘zlaridan so‘ng mamlakat Dumasiga amaldorlarga Google, Yahoo va WhatsApp’dan foydalanishni man qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritiladi.Bu haqda “Izvestiya” nashri yozmoqda.

Bryansk viloyatining sobiq senatori va “Rossiyani himoya qilamiz” tashkiloti rahbari Mixail Marchenko, shuningdek, KPRF deputati Vadim Solovyovlar “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartishlarni kiritishni taklif qilishdi.

O‘zgartishlar ichida, shuningdek, bunday tartibga rioya qilmagan amaldorlarga nisbatan choralar ko‘rish ham belgilab beriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish