Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samir Nasri: Agar otam Fransiya terma jamoasiga murabbiy bo‘lsa ham, men qaytmayman
"Manchester Siti” klubining fransiyalik yarim himoyachisi Samir Nasri Fransiya terma jamoasiga qaytmasligini ta'kidladi.
“Menga Angliya Premer ligasi yoqadi. Mening hayotim shu yerda o‘tmoqda. Shartnomam tugaganidan keyin Fransiyaga qaytgandan ko‘ra MLSga ketaman. Yangi hissiyotlarga ega bo‘lish uchun.
Agar Fransiya termasini otam boshqarganda ham, terma jamoaga boshqa qaytmayman. Avvallari termada o‘ynash mening orzuim edi. Ammo keyinchalik terma jamoa tufayli ko‘p aziyat chekdim”, - deydi Nasri Canal+ efirida.
Eslatib o‘tamiz, Fransiyani 2008 yilda "Marsel"dan "Arsenal"ga o‘tish uchun tark etgan Nasri 2014 yilda milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgandi.