Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 22:23 / 06.10.2015
6138
1 daqiqa o‘qiladi
"Stok Siti" futbolchisining onasi Makkadagi tiqilinchda halok bo‘ldi
Angliyaning "Stok Siti" klubining senegallik hujumchisi Mame Biram Diufning onasi – Gnilane Diuf Makkada haj paytida yuz bergan tiqilinchda halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Standard nashri.
Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Senegal terma jamoasi futbolchisining singlisi bu vaqtda onasi bilan birga bo‘lgan, u yengil jarohatlar olgan.
Ma'lumot uchun, fojia 24 sentabrda Iyd al-Adh bayramining birinchi kuni Makka yaqinidagi Mino vodiysida yuz bergan. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 769 kishini tashkil qildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish