12:29 / 06.10.2015
4525

Tojikiston Islom partiyasi rahbarlari qurolli bosqinchilikda ayblanmoqda

Tojikiston Islom partiyasi rahbariyati hamda bir qator uning faollari davlat jinoyatlari, jumladan, qurolli bosqinchilik, hokimiyatni ag‘darish, Tojikiston Respublikasi konstitutsion tuzumini o‘zgartishga chaqirishi, terrorizm, jinoiy uyushma tashkil etishda ayblanmoqda. Bu haqda Tojikiston bosh prokuraturasi tarqatgan bayonotda so‘z boradi.

29 sentabr kuni Tojikiston Oliy sudi mazkur partiyani ekstremistik va terroristik tashkilot sifatida qayd etgan edi. Shu bilan birga, hujjatda ko‘rsatilishicha, Islom partiyasi a'zolari ko‘ngilli ravishda partiya safidan chiqsa, ularga nisbatan jinoiy ish ochilmaydi.

Top