O‘zbekiston | 17:57 / 06.10.2015
6568
1 daqiqa o‘qiladi

To‘raqo‘rg‘onda issiqxona uchun olingan kreditni o‘zlashtirgan tadbirkor sudlanib, amnistiya bo‘yicha qo‘yib yuborildi

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida mas'uliyati cheklangan jamiyat tashkil etgan tadbirkor Abdulla Inoyatov kredit mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblandi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, u issiqxona tashkil etish uchun “Mikrokreditbank”dan 48 mln so‘m pul olgan. 40 mln so‘mga quvur, 8 mln so‘mga limon ko‘chati sotib olib, bu narsalarni bozorda naqd pulga sotib yuborgan. Kreditni esa vaqtida to‘lab bormagan.

Buning natijasida tadbirkor jinoiy javobgarlikka tortildi. Ammo u tezda amnistiya bo‘yicha ozodlikka chiqarildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish