09:12 / 06.10.2015
4425

Turkiya Rossiya aviatsiyasi tomonidan havo hududi yana bir bor buzilganini aytmoqda

Turkiya TIVda Rossiya aviatsiyasi nafaqat 3 oktabrda, balki 4 oktabrda ham Turkiya havo hududini buzganligi aytilmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Shu munosabat bilan Anqara ushbu holat yuzasidan norozilik bildirish uchun yana bir marta Rossiya elchisini chaqirtirishga majbur bo‘lmoqda.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligida voqea yomon ob-havo sharoiti tufayli yuz bergani ma'lum qilingandi. Harbiylarning ta'kidlashicha, kelgusida bunday vaziyatlar takrorlanmasligining oldini olish uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilgan.

Top