Jahon | 18:39 / 06.10.2015
4482
1 daqiqa o‘qiladi

Vengriyaning birinchi prezidenti Arpad Gyonts vafot etdi

Vengriyaning birinchi prezidenti Arpad Gyonts 93 yoshda vafot etdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

1990-2000 yillarda mamlakatni boshqargan Gyonts sotsialistik tuzum barbod bo‘lganidan so‘ng saylangan birinchi prezident bo‘ldi.

Gyonts akslinatsist qarshilik harakatida, 1956 yilga isyonda ishtirok etdi. Isyon bostirilganidan so‘ng qamoqda o‘tirgan. Ozodlikka chiqqanidan so‘ng dramaturgiya bilan shug‘ullangan, “Uzuklar hukmdori”ni vengr tiliga tarjima qilgan.

1990 yilda Vengriya parlamentiga saylandi, Milliy Assambleyaga boshchilik qildi va ikki marta prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish