Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Markaziy Osiyo davlatlari bilan madaniyat sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda
Xitoy O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarini madaniy merosni saqlab qolish borasidagi loyihalar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda XXR madaniyat vazirligi tashqi aloqalar departamenti boshlig‘i Guo Tsze bayonot berdi.
“Turkiston-press” agentligining ma'lum qilishicha, uchrashuv 17 sentabr kuni Pekinda Markaziy Osiyo jurnalistlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Guo Tsze madaniy sohadagi hamkorlikning rivojlanish istiqbollari haqida gapirdi.
“Markaziy Osiyoning barcha davlatlari ko‘plab tarixiy osori atiqalarga egadir, - dedi u.
– Ular bugungi kunda Xitoy bilan hamkorlikda bu yo‘nalishda bir qator loyihalarni amalga oshirayotganidan xursandmiz. Kelajakda bu hamkorlikni yanada kengatirmoqchimiz. Xitoy madaniy merosni saqlab qolish borasidagi har qanday loyiha va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga hozir”.