Jamiyat | 12:58 / 06.10.2015
5671
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik tadbirkor o‘z xodimlarini rejani bajara olishmagani uchun ko‘chada emaklashga majburladi

Xitoycha tvitter bo‘lmish Weibo ijtimoiy tarmog‘ida ko‘chada emaklayotgan 4 nafar yosh yigit tasvirlangan video paydo bo‘ldi.
Ma'lum qilinishicha, bu video 2 oktabr kuni Xitoyning Chjenchjou shahridagi ko‘l atrofida olingan.

 

Aniqlik kiritilishicha, bu yigitlar mahalliy firmalardan birining xodimlari bo‘lib, xo‘jayin ularni ish rejasini bajara olishmagani uchun shunday taxlitda jazolashga qaror qilgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, emaklash jarayonida yigitlarning kiyimlari butunlay yirtilib ketgan va yaroqsiz holga kelgan. Shuningdek, ulardan biri yo‘l chetiga chiqib, alamidan yig‘lab yuborgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish