Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaman vitse-prezidenti otishma tufayli jarohatlangani haqidagi xabar tasdiqlanmadi
Yaman vitse-prezidenti Xolid Baxa o‘zining vaqtinchalik qarorgohiga granatomyot zarbasi berilgan vaqtda jabrlanmagani ma'lum qilindi. Bu haqda Sky News Arabia muxbiri xabar bergan.
Bundan oldinroq, yamanlik ushbu siyosatchi yashab turgan Qasr mehmonxonasiga granatmyotdan zarba berilgani haqida xabarlar va ushbu hujum tufayli Xolid Baxaning jarohatlangani haqida mish-mishlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Yaman bosh vaziri hisoblanuvchi Xolid Baxa boshchiligidagi hukumat Saudiya Arabistonidan mamlakatga qaytib kelgandi. Bir necha kun o‘tib prezident Abd Rabbo Mansur Hodiy ham Yamanga qaytgandi.