07:22 / 07.10.2015
3016

Air France rahbarlari va xodimlari o‘rtasida mushtlashuv bo‘ldi

Air France kompaniyasi direktorlar kengashidagi majlis yirik mushtlashuvga aylanib ketdi. O‘nga yaqin kishi kaltaklandi, bir qo‘riqchi kasalxonaga yotqizildi, deb xabar qiladi TASS.

Air France kompaniyasining kadrlar departamenti Ksave Brosete barchadan ko‘p jabr ko‘rdi. Uni kuch bilan ko‘chaga uloqtirishgan va o‘sha zahoti uning kostyumi va ko‘ylagini yirtib tashlashgan, deb yozadi fransuz OAVlari.

Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlab yuborilganligini ma'lum qilishmoqda. Bobini shahri prokuraturasiga aviatashuvchi va xodimlar ustidan uchta ariza kelib tushgan.

Top