Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL - jamoalar murabbiylarni eng tez muddatda almashtiradigan liga ekani ma'lum bo‘ldi
Daily Mail nashri tadqiqotchilari tomonidan o‘rganib chiqilishicha, Angliya premer-ligasida faoliyat olib boruvchi murabbiylar boshqalarga nisbatan eng kam vaqt mobaynida jamoada ish olib borishar ekan.
Premer-liga faoliyatini boshlagan 1992/93 yilgi mavsumda o‘ynagan jamoalar murabbiylarining o‘rtacha faoliyat muddati 3,24 yilni tashkil qilgan. 22 jamoadan faqatgina 5tasida ishlagan murabbiylar besh yildan uzoqroq muddatda o‘z jamoasi boshqaruvida qolgan.
2015 yilning oktabr oyiga kelib hozirgi APL jamoalari ichida o‘z klubida besh yildan ortiqroq ishlagan murabbiy sifatida faqatgina Arsen Venger qolgan. Fransiyalik mutaxassis «Arsenal»da 19 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Boshqa birorta murabbiy bitta joyda uch yildan ortiq ishlay olishmagan.

Hozirda APLdagi 18 jamoaning amaldagi murabbiylari o‘rtacha ish faoliyati 2,28 yilni tashkil qilmoqda. Agar Arsen Vengerni chiqarib tashlab hisoblaganda bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 1,29 yilni tashkil qiladi.
APL start olganidan buyon mazkur musobaqa davomida jami 133 murabbiy iste'folari qayd qilingan. Eng ko‘p iste'fo 2013/14 mavsumda qayd qilingan – 12ta.
Hozirda APLda qatnashayotgan jamoalar ichida eng ko‘p «Chelsi» va «Tottenhem» murabbiy almashtirgan – 15 martadan.

Eng uzoq muddatli o‘rtacha murabbiy faoliyati «Manchester Yunayted» (7,65 yil) va «Arsenal»da (7,58) qayd qilingan. Eng qisqa muddat esa «Sauthempton» (1,31) va «Kristal Pelas» (1,12) jamoalarida kuzatilgan.
