18:19 / 07.10.2015
4416

AQSh boshchiligidagi koalitsiya asosan IShIDning Iroqdagi bazalariga zarba bermoqda

Reyter nashrida yozilishicha, AQSh va ittifoqchilar koalitsiyasi asosan IShIDning Iroqdagi bazalariga zarba bermoqda.

Qayd etilishicha, koalitsiya samolyotlari Iroqning 10ta shahrida havo zarbalarini amalga oshirishgan.

O‘z navbatida Suriyadagi nuqtalarga faqat 3 marta havo zarbalari berilgan.

Ma'lumot uchun, Rossiya 30 sentabr kunidan boshlab, Suriya prezidenti Bashar Asadning iltimosiga ko‘ra, mamlakat hududidagi jangarilarga qarshi harbiy amaliyotlar boshladi.

Biroz oldinroq, Iroq Rossiyadan IShIDga qarshi kurashishda yordam so‘rashi mumkinligi xabar qilindi.

Top