07:59 / 07.10.2015
2408

«Arsenal» yanvarda Nolitoni transfer qilishi mumkin

Angliyaning «Arsenal» futbol klubi qishki transferlar paytida o‘zining hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Britaniyaning Daily Mail nashri tomonidan yozlishicha, London klubi skautlari Ispaniyaning «Selta» klubi 28 yoshli hujumchisi Nolitoni sotib olishni taklif qilishmoqda. Futbolchining shartnomasida kelishuvni bekor qilish uchun tovon puli 13 million funt sterlingni tashkil qiladi.

Shuningdek, «Arsenal» Rossiyaning «Dinamo» klubi hujumchisi Aleksandr Kokorinni sotib olish bo‘yicha ham kelishuvga erishishi mumkin. Inglizlar yozgi transferlar paytida ham rossiyalik hujumchini sotib olishga urinib ko‘rishgandi.

Top