Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada bir yoshli bolaning YTH natijasida tanasidan qariyb uzilgan boshi qayta tikildi
Avstraliyalik Jyeyson Teylor ismli bolakay tarixini haqiqiy mo‘'jiza deb hisoblash mumkin. Onasi va opasi bilan jiddiy yo‘l-transport hodisasiga duch kelgan bolakayning boshi deyarli uzilib ketgan edi. Brisbendagi shifoxonada bolakay ustida murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, uning hayoti saqlab qolindi.
Tashqi tomondan qaraganda bolakayda shikastlanishlar ko‘zga tashlanmagan bo‘lsa ham, ichki jarohatlar o‘ta jiddiy edi, deya xabar berdi medportal.ru. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bolakayning boshi bo‘ynidan qariyb uzilib ketgan.
6 soat davom etgan jarrohlik amaliyoti natijasida bolaning umurtqa pog‘onasi uning qovurg‘a qismlari yordamida qayta tiklandi.
Endilikda bolaning boshida tanasiga mustahkamlangan maxsus halqa o‘rnatilgan bo‘lib, ustomon mexanizm davolanish muddatida tananing shikastlangan qismlari harakatsizligini ta'minlaydi. Ikki oydan keyin Jyekson bir yarim yoshni qarshi olgan vaqtda mazkur qurilmadan xalos bo‘lib, o‘zining odatdagi bolalik hayotiga qaytishi mumkin.
Hozirdan u yurishni boshladi, shifokorlar va bolaning ota-onasi avariya oqibatlari farzandining jismoniy rivojlanishi va salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatmasligiga umid bildirmoqda. Operatsiyani o‘tkazgan jarroh Jyeff Askinning ta'kidlashicha, bola shunday jarohatdan keyin ham yashab ketdi: hozirda bolakay mustaqil ravishda nafas olib, harakatlana olayapti. Buni haqiqiy mo‘'jiza deb aytish mumkin.