Sport | 22:12 / 07.10.2015
2212
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» yaqin orada Koutinoni sotib olmoqchi emas

"Barselona” klubi rahbariyati yaqin orada “Liverpul” jamoasidan braziliyalik yarim himoyachi Koutinoni xarid qilishni rejalashtirmayapti.

So‘nggi kunlarda bu borada ko‘plab mish-mishlar tarqalganiga qaramay, Kataloniya klubi yanvarda 23 yoshli xavbekni sotib olmoqchi emas.

El Mundo Deportivo nashrida yozilishicha, “Liverpul” futbolchini moliyaviy jihatdan ancha qimmat narxga qo‘yib yuborishni belgilab qo‘ygani buning asosiy sabalaridan biri hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish