19:19 / 07.10.2015
3266

Booking.com ma'lumotlar bazasi firibgarlar qo‘liga tushdi

Booking.com mehmonxonalarni onlayn buyurtma qilish servisi foydalanuvchilarining ma'lumotlar bazasi firibgarlar qo‘lig tushib qoldi. Bir qator onlayn nashrlar o‘zlari o‘tkazgan tahlil asosida mana shunday xulosa bermoqda.

Booking.com’ning biryo‘la bir nechta rossiyalik foydalanuvchilari oktabrdan buyon ularning elektron pochtalariga spam yog‘dirilayotganini ta'kidladi. Ularda buyurtma qilingan xonalar uchun yuz foiz oldindan pul to‘lash talab qilingan. Maktublarda real ma'lumotlar: sanalar, muddatlar va mehmonxona nomlari ko‘rsatilgan.

Ushbu ma'lumotlarni o‘rganishda xat yuboruvchilar yo‘llagan domen nomlari servisga aloqador emasligi aniqlandi.

Saytning rasmiylari bu borada hali hech qanday bayonot berishmadi.

Top