12:49 / 07.10.2015
3728

Burkina-Fasoda isyonchi general qotilliklarda ayblanmoqda

O‘tgan oyda Burkina-Fasodagi davlat to‘natarilishi amalga oshirishga uringan general Jilber Dendere mamlakat xavfsizligiga tahdid solish va odamlarni o‘ldirish jinoyatlarida ayblanmoqda.

Shuningdek, uning tarafdori bo‘lgan, Burkina-Faso IIV sobiq rahbariga ham shunday ayblovlar qo‘yilgan.

Siyosatchi va general Jilber Denderega ichki tartibni izdan chiqarish maqsadida "tashqi kuchlar bilan til biriktirish" aybi ham qo‘yilgan.

Ayni vaqtda u qanday tashqi kuchlar bilan aloqada bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.

Jilber Dendere 1 oktabr kuni hokimiyatni qaytarishga rozilik bildirgandi.

Biroz oldinroq, mamlakat bosh vaziri Yaqub Isoq Zida taslim bo‘lgan generalning hayoti saqlab qolinishini ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Burkina-Fasoda general Jilber Dendere boshchiligidagi harbiylar 16 sentabr kuni davlat to‘ntarishi amalga oshirishga urinishgan va vaqtinchalik prezident Mishel Kafando hamda uning hukumatini hibsga olgandi.

Agar general o‘z harakatini davom ettirib, davlat to‘ntarilishini amalga oshirganida, bu 1960 yildan beri yettinchi marta hukumat to‘ntarilishiga aylangan bo‘lardi. Aynan 1960 yilda Burkina-Faso Fransiya mustamlakasidan ozod bo‘lgandi.

Top