Jahon | 15:27 / 07.10.2015
13315
1 daqiqa o‘qiladi

Dovudo‘g‘li: Rossiyaning Suriyadagi 57 zarbasidan faqat 2tasi IShIDni nishonga olgan edi

Turkiya bosh vaziri Ahmat Dovudo‘g‘lining bayonotiga ko‘ra, Rossiyaning Suriyadagi 57 zarbasidan faqat 2tasi IShIDni nishonga olgan edi, qolganlari esa muxolifat pozitsiyalariga berilgan. Uning so‘zlarini RIA Novosti keltirmoqda.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyaning Suriyadagi asosiy nishonlari “Jabhat an-Nusra” va IShID ekanligini ta'kidlagan edi. TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham Rossiyaning harakatlari xalqaro qonunchilikka muvofiq kelishiga ishontirib o‘tgan edi.

Dovudo‘g‘li Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi Rossiya-NATO yoki Rossiya-Turkiya qarama-qarshiligiga aylanishini istamasligini izhor qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish