07:31 / 07.10.2015
3286

Facebook’dagi xato amerikalik erkakka o‘z muhabbatini topishga yordam berdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining mobil dasturidagi xato AQShlik Shuler Bensonga o‘zining ikkinchi yarmini topishga yordam berdi, deb yozmoqda The Sun nashri.
2009 yilda erkak o‘zining Facebook’dagi sahifasiga smartfondagi mobil dastur orqali kirmoqchi bo‘ldi. Biroq noma'lum xato tufayli u Selesta Zendler ismli noma'lum qizning ismi bilan dasturga kirdi. Benson qizning kimligini bilmagan va u bilan umumiy do‘stlarga ham ega bo‘lmagan.

Bo‘layotgan voqeadan taajjublangan Shuler qizning kimligini so‘rab va nima uchun uning nomidan tarmoqqa kirib qolganini aytgan holda qizga xabar qoldirdi. Shuler o‘zining akkauntini ochganda qizdan uni do‘stlarga qo‘shish haqidagi taklifni ko‘rdi.

Ikki yosh muloqot chog‘ida ularda ko‘pgina umumiy jihatlar borligini aniqlashdi. Ular yaqindan muloqot qila boshlashdi, 2013 yilning iyunida esa birinchi marta uchrashishdi va bir-birlariga ko‘ngil qo‘yishdi. Ma'lum vaqtdan keyin ular turmush qurishga qaror qilishdi.

Bensonning aytishicha, u "o‘zining ikkinchi yarmi, eng yaxshi do‘sti, muhabbatini ijtimoiy tarmoqdagi oddiy xatolik tufayli topa oldi".

Top