19:36 / 07.10.2015
6316

Google Translate matnlarni sistemaning har qanday qismida tarjima qilishni o‘rgandi

Android 6.0 Marshmallow operatsion sistemasi chiqishi bilan Google Play do‘konida tizimning har qanday qismida matnlarni tarjima qilishga imkon beruvchi Google Translate ilovasining yangilangan namunasi paydo bo‘ldi. Bu haqda Google rasmiy blogida xabar berildi.

Tarjimon ilovaning yangi namunasida matnlarni tarjima qilish uchun tizim oynasining har qanday qismidagi matnni belgilab, menyu konteksidagi kerakli nuqtachasini bosish kifoya qiladi. Tarjima yangi ochilgan oynada paydo bo‘ladi.

Yangi vazifadan faqatgina Android 6.0 Marshmallow OS o‘rnatilgan smartfonlar egalari foydalanishi mumkin.

Top