Sport | 22:33 / 07.10.2015
2927
1 daqiqa o‘qiladi

Karlo Anchelotti: Ronaldu «PSJ»ga o‘tadi deb o‘ylamayman, u faoliyatini «Real»da yakunlaydi

«Real» va «PSJ» klublarining sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Madrid klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning kelajagi borasida o‘z taxminlarini bildirdi.

«U kelasi mavsumda «PSJ»o‘tadimi, yo‘qmi, bilmayman.

Men Ronalduni klubni o‘zgartiradi, deb o‘ylamayman. Menimcha u faoliyatini o‘zini barcha sevadigan «Real»da yakunlaydi», – dedi Anchelotti.

Avvalroq Ronalduga parijliklar qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish