Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keysuke Xonda «Milan»ni qaytadan qurish uchun «Manchester Siti» kabi pul sarflash kerakligini ta'kidladi
Italiyaning «Milan» klubining yaponiyalik yarimhimoyachisi Keysuke Xonda yapon nashrlaridan biriga bergan intervyusi chog‘ida klub menejmentini tanqid qilib jamoa muvaffaqiyatsizliklarida futbolchilarni ayblamaslik kerakligini ta'kidladi.
«Milan»ning doimiy muammosi bir xil bo‘lib kelgan. Biz oldingi xatolardan hech qanday xulosa chiqarmayapmiz. Shunday ekan biz jamoani qaytadan qurish yo‘lida hali ancha orqadamiz».
«Oxirgi mavsumlarda ko‘rinib turibdiki, jamoani qaytadan qurib bo‘lmay qoldi. Buning uchun esa «Manchester Siti» yoki «PSJ» klublari kabi juda ko‘plab mablag‘ tikish kerak bo‘ladi».
«Futbolchilarni bunda ayblashdan ma'no ko‘rmayapman. So‘nggi yillarda «Milan»da juda ko‘plab futbolchilar o‘ynab ketishdi. Ha hozirgi kunda ham jamoani kuchaytirish uchun 100 million yevro sarflandi. Shunday ekan turli terma jamoa a'zolari «Milan»ga o‘tganidan keyin yaxshi o‘yin ko‘rsata olishmayapti?», deya gapirib o‘tgan yaponiyalik futbolchi.